TshIU rektori CIO sammitida 2023 nutq so’zladi

29-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov xalqaro sammit doirasida sammit ishtirokchilari uchun “Yangi O‘zbekistonning IT yetakchilarini tayyorlashda universitetlarning roli” mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimot Toshkent shahridagi Inha universiteti misolida O‘zbekistonda IT yetakchilarini tayyorlash va IT sohasidagi professional ta’lim dasturlari mavzusiga bag‘ishlandi.
Raqamli dunyo uchun CIO’larni tayyorlash bo’yicha sessiya doirasida kadrlar yetishmasligini hal qilish masalalariga bag’ishlangan panel muhokamasi ham tashkil etildi.