TShIU rektori “Koreya Respublikasi-Markaziy Osiyo” 15-forumida nutq so‘zladi

2022-yil 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 15-forumida onlayn formatda ishtirok etdi.
Muzaffar Djalalov “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim dasturlari modelini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik” mavzusida ma’ruza qildi.
U o‘z ma’ruzasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash muhimligini ta’kidladi. “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash uchun oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul kvotalari soni 2022-yildagi 12 mingtadan 2030-yilda 20 mingtaga yetishini ta’kidladi”.
O‘zbekistonda ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayoni tahlili o‘tkazilib, ta’lim muassasalarining uchta muhim ehtiyoji aniqlandi: Internet va zamonaviy jihozlar, ta’lim jarayonini raqamlashtirish va raqamli ko‘nikmalarda tizimli o‘qitish.
Muzaffar Djalalov o’z nutqi davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti misolida ta’limning raqamli jihati bo‘yicha o‘xshashliklarni keltirib, shuningdek, uzluksiz ta’lim markazidagi tayyorlov kurslari talabalari va tinglovchilari uchun noyob o‘quv materiallarini yaratishda raqamli texnologiyalarning zamonaviy vositalari va usullari qo‘llanilishi haqida to’xtalib o’tdi.