TShIU rektori Rossiya Federatsiyasining ikki yetakchi akademiyalari vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

Samarqand  shahrida boʻlib oʻtayotgan «ICT week 2022» haftaligi doirasida, 2022-yil 26-oktabr kuni TShIU rektori Muzaffar Djalalov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo’jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qildi.