TShIU rektori «StrategEast State and IT Eurasian Forum» forumida ishtirok etdi

2022-yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov  «StrategEast State and IT Eurasian Forum» forumida ishtirok etdi.
«StrategEast State and IT Eurasian Forum» bu har yili o’tkaziladigan asosiy tadbirlardan biri boʻlib, unda Yevroosiyodagi raqamli transformatsiya va uni rivojlantirish uchun zarur qadamlar muhokama qilinadi.
Forumning asosiy panellaridan biri “Yangi iqtisodiyot uchun yangi taʼlim” bo’lib, unda raqamli iqtisodiyot uchun iste’dodlarni tayyorlash masalalari muhokama qilinadi. Ushbu forumda TShIU rektori M.Djalalov forumda ishtirok etib IT-ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari va qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.