TShIU rektori “The University Impact Forum” xalqaro forumida taqdimot qildi

2022-yilning 28-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov “Ta’limda tenglik: onlayn ta’lim 4 SDG maqsadlariga erishishga javobmi?” mavzusida taqdimot qildi.
«The University Impact Forum: Quality Education» forumi Times Higher Education reyting agentligi va Ozarbayjon, Boku shahridagi G’arbiy Kaspiy universiteti tomonidan tashkil etilgan.
Education-forum- 2022/sahifa/2152165/spikerlar)
M.Djalalov o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda ta’limning barqaror rivojlanishi haqida to‘xtalib o‘tdi, shuningdek, onlayn ta’limning bugungi darajasi va IT-mutaxassislari rivojiga ta’sirini qayd etdi.
Ma’lumot uchun: THE Impact Ranking – nufuzli Times Higher Education reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan reyting bo‘lib, universitetlarni Barqaror rivojlanish global maqsadlariga erishish jarayonidagi ishtiroki nuqtai nazaridan baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil aprel oyida Toshkent shahridagi Inha universiteti THE Impact Ranking reytingiga kirdi.