TShIU rektori TShIU bitiruvchisi tomonidan tashkil etilgan o‘quv markaziga tashrif buyurdi

2023-yilning 22-may kuni Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan forumga safari doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov TShIU bitiruvchisi Naziraliev Muhammadamin tomonidan tashkil etilgan “Codial Academy” o‘quv markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida TShIU rektori bitiruvchimiz markazi talabalari bilan uchrashib suhbatlashdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻquv markazini 2021-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi asos solgan edi. Hozirgi vaqtda Codial Akademiyasida 5 xil kurs mavjud:
1. Android tizimida dasturlash
2. Frontend dasturlash
3. Backend dasturlash
4. Grafik dizayn
5. Kompyuter savodxonligi

Hozirgi kunda Farg‘ona va Marg‘ilon filiallarida 300 ga yaqin talaba tahsil oladi. 500 nafar talaba esa kurslarni tamomlagan.