TshIU rektori Uzluksiz Ta’lim Markazining eng yuqori ball to‘plagan talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

15-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Uzluksiz Ta’lim Markaziga o‘qishga qabul qilinganda matematika fanidan eng yuqori ball to‘plagan tayyorlov kurslari talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Muzaffar Djalalov o‘quvchilarning yuqori natijalarga erishish yo‘lidagi ishtiyoqi, mehnatsevarligi va o‘quvga bo’lgan fidoyiliklari uchun yuksak baho berdi. Shuningdek, ularning matematika fanidan yuqori ko‘rsatkichlari kompyuter injiniringi va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi ilmiy salohiyatining muhim ko‘rsatkichi ekanini alohida ta’kidladi.