10-mart kuni Germaniyada xizmat safarida bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Yevropa biznes menejment va texnologiyalar maktabi (ESMT) vakili, hamkorlik dasturlari direktori, doktor Franzizskaya Frank bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Muzaffar Djalalov tadbirkorlik maktabi faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan tanishtirdi, dasturlar, o‘quv tizimi, laboratoriyalar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so’zlab berdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar raqamli transformatsiya yo‘nalishi bo‘yicha ijro dasturlarini birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.
ESMT Berlin-Germaniyadagi eng yuqori reytingli biznes maktabi va Evropadagi eng yaxshi o’ntalik maktablar qatoriga kiradi.