TshIU rektori yoshlarni muammolarini hal etish maqsadida ular bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov deputatlik faoliyati doirasida 2023-yil 11-apreldagi “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish va ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorga asosan mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish maqsadida Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari yoshlari bilan uchrashmoqda.
Uchrashuvlar chog‘ida moddiy qiyinchiliklar, salomatlik holati, psixologik buzilishlar kabi muammolar aniqlandi.
Muzaffar Djalalov yoshlarning muammolarini tinglab, ularni hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdi. Yoshlar uchun yangi haftada malakali psixolog, shuningdek, yuqori toifali shifokorlar bilan psixologik mashg’ulotlar tashkil etiladi.
Shuni alohida qayd etish joizki, ayni paytda informatika va matematikaga qiziquvchi yoshlar  Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilgan bepul kurslarda tahsil olmoqdalar.