TShIU rektorining Koreyada tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi

2022-yilning 15-noyabr kuni Koreyada xizmat safarida bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov 3+1 (4-kurs bakalavriat, Biznes va logistika fakulteti) va 1+1 (raqamli transformatsiya bo’yicha 2 kurs MBA) yo‘nalishida tahsil olayotgan TShIU talabalari bilan Incheondagi INHA universitetida uchrashdi. Uchrashuvda TShIU rektori talabalar bilan ularning o‘qishlari, muvaffaqiyatlari haqida suhbatlashdi va savollarga javob berdi. Uchrashuv so‘ngida Muzaffar Djalalov tomonidan talabalar uchun dasturxon yozilib, ular uchun bayramona palov tayyorlandi.