TShIU talabalari «CAMBRIDGE CODING FESTIVAL» hakatonida sovrinli o`rinni qo`lga kiritdilar

2022-yilning 3-iyunidan 5-iyuniga qadar Toshkent shahridagi “IT Park Uzbekistan” tomonidan Cambridge xalqaro universiteti bilan hamkorlikda “Millat umidi” jamg’armasi ko’magida tashkil etilgan hakaton bo’lib o’tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan iborat bo’lgan “SearchBusters” jamoasi ushbu hakatonda ikkinchi o’rinni egallab, 30 million so’mlik sovrinni qo’lga kiritdilar. Jamoa tarkibi TShIUning 3 va 4-kurs talabalari: Rustam Zokirov, Sarvar Mutalov va Bekzod Shuhratovlardan iborat.
Hakaton shartlariga ko’ra, jamoalar 72 soat ichida IT-yechimlari uchun MVP ishlab chiqishi kerak edi.
TShIU talabalari Internetda ma’lumotlarni qidirishni osonlashtiradigan, brauzer uchun noyob vositani ishlab chiqdilar. Uning yordami bilan foydalanuvchi o’z ona tilida Internetning ingliz qismiga osongina kirishi mumkin.
«SearchBusters» jamoasini tabriklaymiz va ularga keyingi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!