TShIU talabalari Koreyada yozgi maktabda

Ayni paytda Toshkent shahridagi Inha universitetining 10 nafar talabasi Koreya Respublikasida tashkil etilayotgan Inha yozgi maktabi dasturida ishtirok etmoqda. Talabalar o’zlarining turli loyihalari bilan faol ishtirok etib kelgan va eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar orasidan tanlab olindi.

Uch haftalik dastur davomida talabalar akademik kurslarda qatnashib, ta’limiy sayohatlar va madaniy tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, Koreya madaniyati va an’analari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, ular dunyoning turli universitetlaridan kelgan talabalar bilan tanishish va Koreyadagi INHA universitetida talabalik hayotini his qilish imkoniyatiga ega.

Mazkur dastur talabalarga qimmatli xalqaro tajriba orttirish, dunyoqarashini kengaytirish, yangi do‘stlar va aloqalar orttirish hamda Koreyada unutilmas xotiralar yaratish uchun ajoyib imkoniyat