TShIU talabalari Koreyadagi Inha Universitetining yozgi maktab dasturida qatnashmoqdalar

Toshkent shahridagi Inha universitetining 10 nafar talabasi Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadilar.
Talabalar o’zlarining turli loyihalari bilan faol ishtirok etib kelgan va eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar orasidan tanlab olindi.
Janubiy Koreyadagi uch haftalik yozgi “INHA Summer School” dasturi koreys tili, koreys madaniyati, Koreyada biznes aloqasi, Koreya madaniyatini o‘rganish, Koreya biznesi va iqtisodiyotiga kirish kabi turli yo‘nalishlar bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, talabalar Koreya Respublikasining madaniyati va sayyohlik joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
Qayd etish joizki, yozgi maktab dasturida dunyoning turli universitet talabalari ham qatnashadi. Bu o‘zbekistonlik talabalarga yangi do‘stlar topish, shuningdek, boshqa xalqlarning madaniyati va an’analarini o‘rganish imkonini beradi.
Eslatib o’tamiz, bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yozgi maktab dasturida yettinchi bor qatnashmoqda.