TshIU talabalari Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasining analitiklari jamoasi tarkibiga kirdilar

19-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida sun’iy intellektga qiziquvchi talabalarning Vladimir Norov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv Markaziy Osiyo sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi doirasida boʻlib oʻtdi va u yerda ikki hafta davomida sunʼiy intellektga oid barcha mavzularni qamrab oluvchi tahliliy materiallarni yaratuvchi guruh yigʻildi.
Analitiklar (tahlilchilar) jamoasi sobiq tashqi ishlar vaziri, ShHTning sobiq bosh kotibi Vladimir Norov bilan yaqindan hamkorlik qilib, mavjud muammolarga yechim topib, kelajakdagi loyihalar uchun asos bo‘ladigan tahlillarni yaratadilar.
Ta’kidlash joizki, tahlilchilar jamoasi Inha universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari orasidan tanlab olingan. Talabalar Markaziy Osiyo, Yevropa Ittifoqi, ASEAN, AQSh, Hindistonda sun’iy intellekt sohasida tahliliy materialni (ma’lumotlar bazasi) yaratadilar.
Jamoaga katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!