TshIU talabalari stipendiya yutib olishdi

31-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Jahongir To‘lanboyev va Vasliddin Fozilovlarga O‘zbekistondagi Koreya rezidentlari uyushmasining stipendiyalari topshirildi. Ushbu stipendiya ularning o’qishdagi ilmiy yutuqlari uchun taqdim etildi.

O‘zbekistondagi Koreya rezidentlari uyushmasi TshIUning uzoq yillik hamkori bo‘lib, ushbu stipendiya talabalar ta’limini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligidan dalolat beradi.

Stipendiyalarni topshirish marosimida TshIU va O‘zbekistondagi Koreya rezidentlari uyushmasi vakillari ishtirok etdi. Talabalar faxriy yorliqlar va o’quv faoliyatiga yordam berish uchun moliyaviy yordam bilan taqdirlandilar.