2022-yil 20-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun kadrlar bo‘yicha ekspert Go‘zal Abduraupovadan eksklyuziv onlayn master-klass bo‘lib o‘tdi.
U o‘zining mahorat darsida talabalarga rezyumeni to‘ldirish, portfolio yaratish va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish sirlarini o‘rgatdi.
Go‘zal Abduraupova “Gross Insurance”, “Kapitalbank”, “Saint-Gobain”, “Picnic Technology” kabi kompaniyalarda ishlagan.
Mutaxassis Guzal Abduraupovaga ishtiroki, qiziqarli va foydali mahorat darsi uchun minnatdorchilik bildiramiz!