TShIU talabalari «Urban.Tech Uzbekistan» hakatonida sovrinli o‘rinni egalladilar

17-19 noyabr kunlari Astrum IT Akademiyasida umumiy mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiluvchi «Urban.Tech Uzbekistan» hakatoni bo‘lib o‘tdi.

“Ijtimoiy texnologiyalar” nominatsiyasida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Behzod Shuxratov, Jasurbek Ma’murov va Bexruz Abdullaxudjayev “DriveSafe” loyihasi bilan g‘olib bo‘lib va 50 million so‘m mukofotga sazovor bo‘ldilar.

DriveSafe – uzoq yo’lda bo’lgan haydovchilarni uyquga keta boshlaganlarida ularni uyg’otish uchun mo’ljallangan dastur. Ushbu dastur xavfsiz haydashga va baxtsiz hodisalarni oldini olishga yordam beradi.

Talabalarni tabriklaymiz va ularga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!🔥