TshIU talabalari “Zakovat” intellektual olimpiadasida ishtirok etishdi.

20-dekabr kuni Toshkent shahrida turli oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada 11 nafar Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ishtirok etdilar.
“Zakovat” olimpiadasi O‘zbekistondagi eng yirik intellektual bellashuvlardan biri bo‘lib, Prezidentimizning ilm-fan, ta’lim, intellektual salohiyat – mamlakatimiz taraqqiyotining zarur sharti ekani haqidagi siyosatiga xayrixoh bo‘lgan minglab insonlarni birlashtirmoqda.