TShIU talabalarining musiqa klubiga yangi jihoz va asboblar taqdim etildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti nafaqat IT texnologiyalari sohasida iqtidorini namoyon etayotgan talabalari, balki har tomonlama rivojlangan yoshlari bilan ham mashhur. Universitetda bir qator talabalar klublari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ana shunday klublardan biri TShIU musiqa klubidir. Ushbu klub a’zolari, professional ijrolari bilan universitet tadbirlarida faol qatnashib turishadi. 


Rizo Javad,
TShIU musiqa klubi rahbari, Toshkent shahridagi Inha universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti ikkinchi kurs talabasi

«IUT Music Club» 4 yil avval tashkil etilgan boʻlib, u universitetimizning musiqa asboblarini chalishni va qoʻshiq aytishni yaxshi koʻradigan barcha iqtidorli yoshlarini oʻzida jamlagan.

Klubning asosiy muammosi universitet musiqa asboblarining barchaga yetishmasligi edi, har bir ishtirokchi o’zi uchun gitara, sintezator va boshqalarni olib kelishi kerak edi. To‘garak rahbari sifatida rektor Muzaffar Muxitdinovichga musiqiy intilishlarimizni rivojlantirishga ko‘maklashish iltimosi bilan murojaat qildim. 23-sentabr kuni biz yuqori sifatli uskunalar oldik va shu tufayli biz yuqori cho’qqilarni zabd eta olamiz. 

Rektorimiz Muzaffar Muxitdinovich, Talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo’limi rahbari Murod aka va xaridlar bo‘limi boshlig‘i Umid akaga yana bir bor rahmat aytmoqchiman. Musiqa klubi ana shu insonlar tufayli yanada rivojlanmoqda.

Barchaga katta rahmat va yangi yorqin chiqishlarimizni kutib qolamiz”

Universitet rahbariyati yoshlarning ijodiy taraflama o’zini namoyon qilishga intilishlarini faol qo’llab-quvvatlamoqda. Shu munosabat bilan 2022-yil 23-sentabr kuni TShIU musiqa klubiga universitet maʼmuriyati tomonidan baraban toʻplamlari, professional mikrofonlar va ovoz kuchaytirgichlar, shuningdek sintezatorli bas gitara sovgʻa qilindi.

Klub a’zolari allaqachon yangi musiqa asbob-uskunalarini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazib va bir necha marta mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti “IUT Music Club”ga yangi ijodiy zafarlar tilab qoladi!