TShIU talabasi Xalqaro elektraloqa ittifoqining Yoshlar modelida ishtirok etadi.

2022-yil 18-20 oktyabr kunlari prof. M. A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti birinchi bor Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) Yoshlar modeli tashkil qilinmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi faoliyati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, bu boradagi xalqaro hamkorlikning ahamiyati haqida chuqur tushuncha shakllantirishdan iborat.
XEI Birlashgan Millatlar Tashkilotining aloqa sohasidagi ixtisoslashgan agentligi boʻlib, unga butun dunyodan ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar: sanoat, ilmiy doiralar, tegishli vazirliklar va hukumat nazorat organlari vakillari jalb etilgan.
Toshkent shahridagi Inha universiteti Biznes va logistika fakulteti 3-kurs talabasi Abdimuratova Biibixonim tanlovdan muvaffaqiyatli o’tib va Xalqaro elektraloqa ittifoqining Yoshlar modelida ishtirok etish uchun eng iqtidorli 20 nafar talaba orasidan tanlandi.