TShIU va Boku muhandislik universiteti vakillari uchrashuvi bo’lib o’tdi

2022-yil 26-sentabr kuni TShIU rektori M.Djalalov xalqaro ta’lim forumida qantashish uchun Ozarbayjonga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Hamda u yerda Boku muhandislik institutiga tashrif buyurdi va mazkur universitet prorektori Xavar Amir o‘g‘li Mammadov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti va Boku muhandislik instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjatga muvofiq ikki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida qo‘shma konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa uchrashuvlar o‘tkazish, o‘quv, ilmiy va boshqa loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarini birgalikda boshqarish, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish va qo’shma ta’lim dasturlarini (bakalavr, magistratura, doktorantura) amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: Boku muhandislik universiteti muhandislar tayyorlaydigan, oliy taʼlimning barcha bosqichlarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi.