TShIU va “Hancom Academy” o’rtasida memorandum imzolandi

16-fevral kuni Hancom akademiyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Hancom akademiyasi bosh direktori janob Lee Kwang Hun memorandum imzoladilar.
Memorandum doirasida tomonlar taʼlimga oid bilim va texnologiyalarni almashish, turli taʼlim loyihalarida faol ishtirok etish va Oʻzbekiston talabalariga IT, dizayn va boshqa sohalarda ekspert bilimlarini taqdim etishga kelishib oldilar.