TshIU va Joys Global INC memorandum imzoladilar

23-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Joys Global INC kompaniyasining ijrochi direktori Joy Choi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik va oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tomonlar birgalikda quyidagilarni amalga oshirishga kelishishdi:
– Universitetda BPO markazini rivojlantirish va loyihalarni amalga oshirishda talabalarni jalb qilish.
– IT sohasida bilim va ko’nikmalar almashinuvi
– Universitet talabalarining kelgusida Joys Global Inc.da ishga joylashish uchun amaliyotda ishtirok etishi.