TShIU va OOO «Onesec» o’rtasida memorandum imzolandi

29-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga “Onesec” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari tashrif buyurishdi. Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va “Onesec” bosh direktor Dmitriy Paleev o‘rtasida memorandum imzolandi.
Tomonlar yoshlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida qo‘shma tadbirlar, tanlovlar, ilmiy-texnikaviy oromgohlar, xakaton va festivallar, shuningdek, TShIU talabalari va bitiruvchilarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida mahorat darslari va mehmon ma’ruzalarini tashkil etishga kelishib oldilar. Tomonlar TShIU talabalarini Onesecda ishga joylashtirish va amaliyot o‘tash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.