TShIU vakillari AOKAda o’tkazilgan brifingda ishtirok etdi

14-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari Axborot va Ommaviy Komunikatsiyalar Agentligida o’tkazilgan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan va raqobatbardosh IT-mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifingda ishtirok etdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Toshkent shahridagi Koreya ta’lim tizimi haqida batafsil to‘xtalib, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, brifingda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Axmatov, TATU rektori Baxtiyor Maxkamov, AMITY rektori Bobur Abdullayev va IT-park direktori o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov ishtirok etdilar.