TshIUa “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi

3-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi va unda 10 ta jamoa ishtirok etdi.

O’yinda talabalar faol ishtirok etib, eng qiyin savollarga javob topishdi. Eslatib o’tamizki, “Zakovat” – 20 yillik tarixga ega intellektual o’yin. Unda ishtirokchilarga berilgan vaqt ichida savollarga javob berishlari kerak bo’ladi.

Keyingi o’yinlarda jamoalarga omad tilab qolamiz!