TShIUda axborot tizimi va dizayn bo’yicha uchinchi xalqaro konferentsiya (ICID-2022) bo’lib o’tadi

2022-yilning 12-13-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida ICID-2022 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
ICID konferensiyasi Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan 100 dan ortiq ishtirokchilar va mehmonlarni qamrab olgan jonli ilmiy tadbirdir. Konferensiyada yetakchi akademik va sanoat mutaxassislari dolzarb mavzularda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar.
Biz barchani konferentsiyada ishtirok etishga, maqolalar va o’z tadqiqot natijalarini taqdim etishga taklif qilib qolamiz.
Konferensiyada ishtirok etish mutlaqo bepul.
Qolgan tafsilotlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: //icid-conference.org/
Tezislarni yuborish uchun havola: //easychair.org/conferences/?conf=icid2022
Tadbir Toshkent shahridagi Inha universitetida o’tkaziladi.