TShIUda Axborot tizimlari va dizayn bo’yicha xalqaro konferentsiya (ICID-2022) bo’lib o’tmoqda

12-13 sentabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida Axborot tizimlari va dizayn bo‘yicha uchinchi xalqaro konferensiya (ICID-2022) bo‘lib o‘tmoqda.
ICID – akademik sohada ochiq sanoat innovatsiyalarini targ’ib qiluvchi global hamkorlik tarmog’i. Jamiyat axborot tizimlarini loyihalash, joylashtirish va joriy etish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan tayyorlangan natijalarga asoslangan amaliy tadqiqot tarmog’idir.
Anjumanda eng faol va iqtidorli ishtirokchilar o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etish, yangi jamoalar yaratish va tanishuvlar orttirishga jalb etilgan.
ICID konferensiyasi Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan 100 dan ortiq ishtirokchilar va mehmonlarni qamrab olgan jonli ilmiy tadbirdir. Konferensiya yetakchi akademik va sanoat mutaxassislarini dolzarb mavzularda ma’ruza qilish uchun taklif qilingan.