TShIUda birinchi bor “Startap Weekend” bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ilk Startap Weekend bo‘lib o‘tdi va unda “Startap nima?” mavzusida startaplarga bag‘ishlangan kurslar boshlandi.
Tinglovchilarga quyidagi ma’ruzachilar o’zlarining interaktiv taqdimotlarini taqdim etdilar:
— Rustam Hamdamov, BILLZ asoschisi va bosh direktori;
— Roman Lavrentiev – IT-mahsulotlarni boshqarish bo’yicha tajribaga ega Uzum (onlayn bozor) boshqaruvi rahbari;
— Madina Mirzaxalilova, BILLZ prodakt menejeri.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ko‘plab yangi va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.