TShIUda “CCSA” sertifikatini topshirish marosimi bo’lib o’tdi

2022-yilning 24-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida CCSA (Check Point Certified Security Administrator) sertifikatiga tayyorlov kursini tamomlagan talabalarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kurs TShIU tomonidan Check Point Software Technologies Ltd bilan birgalikda tashkillashtirildi. Ushbu kurslar Toshkent shahridagi Inha universitetining kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv markazi bazasida o‘tkazildi. Kursda “Agrobank”, “Ipak yo‘li” bank, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Slick”, “UzGTL”, “Anorbank”, “Mikrokreditbank” kabi banklarning IT va AT bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdilar.