TShIUda «Crypto Week Uzbekistan 2024» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

3-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 2024-yilning 3-iyunidan 6-iyuniga qadar bir qator tadbirlarni birlashtirgan xalqaro konferensiya boshlandi. Ushbu konferensiya biznes vakillari, nazorat qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, ekspertlar va kripto ixlosmandlarini birlashtirdi.
Shuningdek, konferensiya doirasida “Kriptovalyutalar va blokcheyn ta’limini o‘quv dasturiga integratsiyalashning ahamiyati” mavzusidagi panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi, unda ekspert va moderator sifatida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov ishtirok etdi.
M. Djalalov o‘z nutqida zamonaviy texnologik o‘zgarishlarga moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlashda kriptovalyutalar va blokcheyn ta’limini o‘quv dasturiga integratsiyalashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Muzaffar  Djalalov talabalarga kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalari asoslarini o‘rgatish nafaqat ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishi, balki mintaqada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ham xizmat qilishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universitetining MBA dasturida magistratura talabalari blokcheyn va kriptovalyutalarni o‘rganishadi; O‘z so‘zining so‘nggida TShIU rektori ta’lim dasturlarini tez o‘zgarib borayotgan texnologiyalar va bozor tendensiyalariga mos ravishda doimiy ravishda yangilab borish zarurligini ta’kidladi.