TShIUda “Cyberton hackathon” bo’lib o’tdi

🏓26-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Cyberton hakatoni bo‘lib o‘tdi.

✅ Cyberton – steganografiya, kriptografiya va revers- muhandislik bo’yicha CTF uslubidagi tanlov.

Hakatonni M.Djalalov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori va O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi direktori o‘rinbosari R.Yunusov ochib berdilar.

Tadbir doirasida “Raqamli sud ekspertizasi va zararli dasturlar” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda TShIUning 20 nafar talabalari ishtirok etishdi.

Cyberton hackatoni g’oliblari:
Bazarov Sarvar
Xolmirzayev Samandar
Zufarov Murad

G‘oliblarga TShIU rektori M.Djalalov va O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi direktori O.Mirzayevlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, planshet va mobil telefon) topshirildi.✨