TShIUda EPAM mutaxassislari tomonidan ma’ruza bo’lib o’tdi

2023-yil 9-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida EPAM mutaxassislarining talabalar uchun “Cloud Career Kickstart” mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruza davomida talabalar bulutli hisoblash modellarining har xil turlari va ularning afzalliklari bilan tanishdilar. Ma’ruzachilar «Cloud Practice» o’quv markazi haqida ma’lumot almashishdi, ular ushbu tez rivojlanayotgan sohadagi yetakchi Cloud platformalari va vositalari bilan amaliy tajriba olish usullari bilan o’rtoqlashdilar.
Uchrashuv so’ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berib va ularga javob olishdi.