TShIUda faol talabalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

27-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida SPG (Student Promotion Group) talabalari taqdirlandi.
Marosim davomida ushbu SPGning barcha faol ishtirokchilari taqdirlandi.
Yil davomida SPG ishtirokchilari respublika bo‘ylab 180 dan ortiq ta’lim muassasalari, jumladan, maktablar, litseylar, o‘quv markazlarida taqdimotlar o’tkazdilar.
Eslatib o‘tamiz, SPG abituriyentlarga IT sohasining bugungi kundagi o‘rni, Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirish haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan.