TShIUda grant asosida o’qish uchun imtihon bo’lib o’tdi

2022-yil 25-avgust kuni TShIUda davlat tamonidan ajratilgan 100 ta grant asosida o’qishni xoxlovchilar uchun imtixon bo’lib o’tdi. Ushbu imtihonda 1, 2 va 3 kirish imtixonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan abituriyentlar imtihon topshirishdi.
“Biznes va logistika” va “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetlariga davlat grant asosidagi imtihonlar yozma shaklda bo’lib 20 ta savoldan iborat bo’ladi. Javoblar uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Imtihon jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyaning Inha universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdilar.
Shuni ta’kidlash joizki, imtixonlarni shaffofligini online tarzda kuzatishni istagan abituriyentlarning ota-onalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.