TshIUda INSTINCTOOLS kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

26-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida INSTINCTOOLS kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Andrey Igumnov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov mehmonlarga universitet, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Tomonlar o‘z tajribasi va ilg‘or jahon tajribasi asosida IT-mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma hamkorlik dasturi ustida ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Ta’kidlash joizki, 2000-yildan buyon INSTINCTOOLS mutaxassislari maxsus dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, mustaqil test va IT-konsalting sohasida to’liq xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.