TshIUda kasb-hunar kollejlari va TATU filiallari direktorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

2021-yilning 24-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistonning axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi 20 dan ortiq ta’lim muassasalari direktorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda axborot texnologiyalari bo‘yicha kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlarini tayyorlash masalasi muhokama qilindi. O‘qituvchilarni axborot texnologiyalari sohasida innovatsiyalar bo‘yicha o‘qitish jarayoni Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan amalga oshiriladi.
Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!