TshIUda “Kaspersky Cyberday” bo’lib o’tadi

27-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Kaspersky Cyberday” bo‘lib o‘tadi.
Kaspersky Cyberday – bu Kasperskiy laboratoriyasi tomonidan Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan birgalikda tashkil etilayotgan konferensiya. Tadbir maxsus talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilarga IT va axborot xavfsizligi sohasida nazariy tushuncha va amaliy tajriba orttirish imkonini taqdim etadi.
Barcha talabalar va professor-o‘qituvchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz. Shoshiling, joylar soni cheklangan.
▫️Simulyatsiya mashg’ulotlariga kirish uchun siz o’zingizning shaxsiy qurilmalaringiz – noutbuklar, planshetlar yoki smartfonlardan foydalanishingiz mumkin.
🏆Trening yakunida eng yaxshi va faol ishtirokchilarga Kasperskiy laboratoriyasining sertifikatlari va esdalik sovgʻalari topshiriladi.
Sana: 27 noyabr
Vaqt: 9:00-13:30
O’tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Inha universiteti, B304