TshIUda King Sejong institutining birinchi semestrini yakunlash marosimi bo’lib o’tdi

2021-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TshIU qoshida faoliyat yurituvchi King Sejong instituti (Koreys tilini o‘rganish instituti) birinchi semestrining yakuni marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir dasturi amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha videoreportaj, talabalar chiqishlari (raqs, taekvondo), kurs talabalarining o‘z taassurotlari bilan bo’lishgani haqidagi taqdimotlaridan iborat edi. Shuningdek, marosim davomida o‘quv jarayonida eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalarga stipendiyalar topshirildi. Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalov so‘zga chiqdi, shuningdek, koreys tili bo‘yicha (A1 va A2 darajalari) birinchi kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga sertifikatlar topshirdi.