TShIUda «Korea University» prezidenti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2023-yilning 8-fevral kuni prezident Dr. Jin Taek Chung boshchiligidagi «Korea University» vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida TShIU rektori Muzaffar Djalalov mehmonlarga universitet faoliyati haqida ma’lumot berib, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Tomonlar birgalikda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Koreya universiteti Janubiy Koreyaning Seul shahridagi xususiy tadqiqot universiteti boʻlib, 1905-yilda tashkil etilgan. Universitet SKY – universitetlari (Janubiy Koreyaning uchta eng nufuzli universitetlari) qatoriga kiritilgan.