TShIUda Koreya o’yinlari festivali bo’lib o’tdi🎯

25-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreys tili va madaniyati ta’lim markazi hamkorligida koreys milliy o‘yinlari festivali bo‘lib o‘tdi.
Ushbu festivalda talabalar koreys milliy o‘yinlarining xususiyatlari va taktikalarini namoyish etdilar. Festival quvnoq va do‘stona ruhda bo’lib o‘tdi. Festival davomida ishtirokchilar nafaqat “o‘q otish”, “arqon tortish”, “lyang”, “havo” kabi koreys milliy o‘yinlarini o‘ynashni, shuningdek, koreys tilini mashq qilish va Koreya madaniyati bilan ham tanishdilar.