TshIUda «Mamlakatni kiberhujumlardan qanday himoya qilish kerak?» mavzusiga bag’ishlangan kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

 

12-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida eng yirik kiberxavfsizlik kompaniyalaridan biri CloudFlare va Tenax Security Group (C7 Security sho‘ba korxonasi) bilan birgalikda “Mamlakatni kiberhujumlardan qanday himoya qilish kerak?” mavzusidagi kiberxavfsizlik seminari bo‘lib o‘tdi.

CloudFlare Internetdagi trafikning muhim qismini nazorat qiladi va O‘zbekistonga qilingan hujumlar tahlilini faqat seminarga tashrif buyurganlarga taqdim etildi.

Ma’ruzachilar quyidagi mavzularda ma’ruza qildilar:
– Mamlakatni (O’zbekistonni) kiberhujumlardan qanday himoya qilish kerak
– O‘zbekistonga qilingan hujumlar tahlili
– Vazirlik va banklarni qanday himoya qilish kerak. Muvaffaqiyatli holatlar tajribasi