TShIUda matematika va fizika fanlaridan olimpiada bo’lib o’tdi

2022-yil 6-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Janubiy Koreya Respublikasining INHA universiteti bilan hamkorlikda matematika va fizika fanlari boʻyicha olimpiada bo’lib o’tdi.
Olimpiada ikki yo’nalishda o‘tkazildi:
▶️Natural Science and Engineering(Matematika va fizika)
▶️Social Science and Humanity(Matematika)
Eslatib o’tamiz, ushbu olimpiadada yurtimizda tahsil olayotgan yuqori sinf oʻquvchilari uchun tashkil etilib, olimpiadada eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar INHA universitetining to‘rt yillik stipendiyasi sohiblari sifatida tanlab olinadi.