TshIUda Navro’z bayrami bo’lib o’tdi

2022-yil 19-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Navro’z bayrami keng nishonlandi.

Tadbirga ko’plab mehmonlar, talabalar va o’qituvchilar tashrif buyurishdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti o’ziga xos bayramona tadbir dasturini tayyorladi:
🎊»Sato»guruhining musiqalari
💃 Milliy va koreys raqslari
🥻Milliy liboslar namoyishi
🍶Bolalar va kattalar uchun master-klasslar (akvagrim, xina chizmalari va boshqalar).
O’zbekistonning turli hududlari uchun an’anaviy bo’lgan milliy taomlar dasturxonlari.

Shuningdek, barcha mehmonlar Toshkent shahridagi Inha universitetida tayyorlangan mazali osh va sumalakdan bahramand bo’lishdi.

Bayram ishtirokchilari qiziqarli va rang-barang foto zonlarida esdalik suratlarga tushdilar. 📸