TShIUda olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Janubiy Koreya Respublikasining INHA universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada g‘oliblariga TShIU prorektorlari va INHA universiteti (Koreya) menejerlari tomonidan diplom va sovg‘alar (Samsung mahsulotlari) topshirildi: Xolmirzayev Temurjon, Yusufxujaev Ibrohimxon, Muhamadov Sherzod, Axmadjonov Ulugbek, Mamasodiqov Dilbek.
Toshkent shahridagi Inha universiteti g‘oliblarni tabriklaydi va xalqaro olimpiadada ishtirok etgan barchaga o’z minnatdorchiligini bildiradi.