TshIUda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari uchun qisqa muddatli o’quv kursi tashkil etildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari uchun qisqa muddatli o’quv kursi bo’lib o’tdi.
Mazkur kurs “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining “ELEKTRON HUKUMAT TADQIQOTI” hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori doirasida tashkil etildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari June S.Lee, Hong Jeong, Hose Tongzon, shuningdek, Amiti universiteti professori Kayathri Devi Devprasad va Gaurav Aggarwal tomonidan respublika va mahalliy ijro hokimiyat organlari rahbarlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi hamda “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish” mavzusi bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazdilar.