TshIUda Revotech kompaniyasining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha menejerining talabalar uchun ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Revotech kompaniyasining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha menejeri Gulsara Sharipovaning talabalar uchun ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzachi “O‘zbekistonda va jahonda BPO/KPO ishga joylashish imkoniyatlari” mavzusida ma’ruza qildi hamda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va qimmatli tavsiyalar berdi.
Gulsara Sharipova oʻz maʼruzasida talabalarga Oʻzbekistonda va chet elda BPO/KPO sohasida ishlash imkoniyatlari va martaba haqida gapirib berdi. U o’zining shaxsiy tajribasi va sohada talab qilinadigan ko’nikmalar va o’sish salohiyati haqidagi bilimlari bilan o’rtoqlashdi.
Talabalar ma’ruzada faol ishtirok etib, ma’ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, fikr almashdilar.