TshIUda Sejong universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 21-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «One Stop Center» direktori  Lee Dae Hee, Julie Pineda (koordinator-global marketolog), Iroda Muhammadievalar (Toshkent shahridagi Sejong ta’lim markazi vakili) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qildilar.
Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan Sejong universiteti 1940-yilda tashkil etilgan bo’lib, eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi.