TShIUda talabalar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazilmoqda

Shu kunlarda Toshkent shahridagi Inha universitetida sportning bir qancha turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida ichki musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
2022-yil 14-oktabr kuni TShIU talabalari jamoalari o‘rtasidagi stol tennisi bo‘yicha birinchi bellashuvlari boshlandi.
Musobaqadan maqsad universitetning birlashgan jamoalarini kelgusida Universiadada qatnashish uchun tayyorlashdan iborat.