TShIUda talabalar uchun ma’ruza o’tkazildi

2022-yil 9-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Startapga investitsiyalarni qanday jalb qilish kerak?” mavzusida Startap maslahati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shaxsiy samaradorlik bo’yicha murabbiy, biznes-ustoz, trening kompaniyasi egasi va rahbari Nikolay Korjik ma’ruza qildi.
Sessiya davomida Nikolay biznesning qaysi bosqichida sarmoya kerakligi, investorlarni qayerdan izlash, shuningdek, qanday investorlar borligi va ular bilan qanday muzokaralar olib borish kerakligini aytib berdi.
Bundan tashqari, ma’ruzachi investor bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyati, barcha kerakli hujjatlarni qanday tartibga solish, sarmoyalarni olgandan keyin investor bilan qanday ishlash kerakligi haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berib va ularga javob olishdi.